Вход
Реклама

Psixologik Test

Qo'shdi:lyubimaya (17.02.2018 / 18:00)
Reyting:rating 540 article (0)
Oqilgan:223
Fikrlar:0
screenUwbu test orqali oiladagi ørningiz va atrofdagilarga bölgan munosabatingiz qandayligini bilib oliwingiz mumkun.

Oramizda nafaqat oila a'zolari, yaqinlari balki begonalardan ham xech nimalarini ayamaydigan mehribon insonlar juda köp. Ammo begonalar u yoqda tursin, eng yaqin insoniga ham yaxwilikni ravo körmaydiganlari ham topiladi. Shular qatorida doimo odamlardan nimadur oliw va undiriwga örganganlar ham bor. Siz ham öylab köring: atrofdagilarni bir chetga surib turaylik, eng yaqin insoningiz uchun nimalardan voz kecha olasiz? U uchun nimalarga tayyorsiz? Bu borada özingiz haqingizda aniq bir fikringiz bölmasa yoki javob beriwga ikkilanayotgan bölsangiz, ushbu ruhiy testimiz aynan siz uchun.

Test savollarini öqing va javoblaringiz ucun berilgan ballarni qöwib boring.

1.Turmuw örtog'ingizni iw joyida bayram tadbiri bölmoqda. Bu bayramda ularga yaqin insonlarini olib keliwlari mumkunligi aytilgan, ammo boriwingiz u qadar muhim emas. Shunday vaziyatda sz turmuw örtog'ingiz bilan birga borgan bölarmidingiz?
A) albatta - 5ball;
B) agar bor desa, boraman - 1ball;
V) yöq, özi boraversin - 3ball;

2.U bilan taniwgan kuningizni qay tarzda niwonlawni hohlardingiz?
A) quvnoq keca tawkillawtiriw orzusidaman - 5ball;
B) romantik keca böliwini istardim - 1ball;
V) öziga xos biror narsani hohlardim - 3ball;

3.Siz yaqin insoningizning .............. qörqasiz.
A) kasal bölib qoliwidan - 1ball;
B) meni qadrlamay qöyiwidan - 3ball;
V) meni qiziqtirmay qöyiwidan - 5ball;

4.Uyali aloqa telefoningizda sevgan kiwingiz uchun maxsus chaqiruv qöwig'i haqida.
A) uning raqamini u uchun atalgan qöwiqqa sozlaganman - 1ball;
B) hamma qatori bitta musiqaga sozlangan - 3ball;
V) ovoz yöq, vibratsiyaga sozlangan - 5ball;

5.Agar ikkingizning mawinangiz bitta bölsa, uni kim haydaydi?
A) har holda men emas, chunki u iwga va bowqa kerakli joylarga boradi - 1ball;
B) menga mawina kerak emas, u meni hamma joyga olib borib keladi - 3ball;
V) men albatta - 5ball;

6.Yaqin insoningiz sizga kiyim sovg'a qildi. Bu libos esa sizga yoqmadi. Aksiga olib, u sizdan wu kiyimni kiyiwni söradi. Wunday vaziyatda qanday yöl tutasiz?
A) özimga yoqmagan kiyimni aslo kiymayman - 5ball;
B) kiyaman, men ucun eng muhimi unga yoqiwi - 1ball;
V) agar bu kiyim unga yoqsa, faqat uyda kiyib yuraman - 3ball;

7.Sizga dam oliw ucun bir kiwilik yöllanma beriwdi. Bir özingiz dam oliwga ketgan bölarmidingiz?
A) albatta - 5ball;
B) yöq, bunday taklifdan voz kecaman - 1ball;
V) uning fikrini sörayman va u nima desa wuni qilaman - 3ball;

8.Özingiz va qadrli insoningizga biror narsa sotib oliw istagidsiz. Ammo pulingiz faqat bitta narsaga yetadi. Siz aynan nimani xarid qilgan bölardingiz?
A) qadrli insonim ucun qöl soatini - 1ball;
B) özimga sönggi urfdagi sumka olaman - 5ball;
V) har ikkalamiz ham foydalana oliwimiz ucun fotoapparat yoki yangi texnikani sotib olardim - 3ball;

9. Aziz insoningiz uchun qurbon qiliwingiz yoki sabr qiliwingiz mumkun bölgan eng katta narsa bu .........
A) uning menga yoqmaydigan döstini mehmon sifatida kutib oliw - 1ball;
B) özingizga sira ham yoqmaydigan, tayyorlaniwi öta qiyin bölgan, köp vaqt va kuch sarflaydigan taom tayyorlash - 3ball;
V) u bilan bahs yuzaga kelganda, uning gapiga könib qöya qoliw - 5ball;

10.Owxonangizdagi stolda ta'mi juda mazali shirinlik bor, qiziq, u sizningca kimg nasib qilarkin?
A) kim uni birinci yeyiwga ulgursa, öwanga - 3ball;
B) aziz insonimga olib qöyaman - 1ball;
V) albatta menga - 5ball;

Test javoblari:
10-19ball töplagan bölsangiz, demak siz har qanday vaziyatda yaqin insoniga qulay böliwini xoxlaydiganlar toifasiga kirasiz. Agar bu sizga ham unga ham ma'qul bölsa juda yaxwi. Agar özingizni köp holatlarda qurbon qilayotgandek, mehribonciligingizni suiste'mol qiliwayotgandek tuyulsa, u holatda bunga qarwi chora köriwingiz va uni qolaversa, özingizni ham tarbiyalawni bowlawingiz lozim.

20-29ball töplagan insonlar sirasidan bölsangiz, bilingki, siz va sizning yaqin insoningiz örtasidagi munosabatlar ''sizdan ugina, bizdan bugina'' naqli ostida tawkil topgan. Örtangizdagi hamma narsa bir-biriga mos va mutanosib. Har biringiz istagingizga rad javobi berilmasligi va bunda özini qurbon qiliw wart emasligini bilasiz. Siz özaro keliwib iw qiliwni yaxwi köradigan va fikrlari doimo bir joydan chiqadigan mustahkam juftliksiz.

30-39ball töpladingizmi? Demak siz haqingizda mehribon va jonkuyar deb aytiwning özi kamlik qiladi. Siz ucun yoningizdagi insonning xursandciligi, quvonchi va istaklari eng muhim omil sanaladi. Yaqin insoningizning birgina tabassumi uchun siz har qanday qurbonlikka tayyor böla olasiz. Yaxwilik qiliw barobarida siz undan ham wunday munosabat qaytariwini kutmaysiz, talab qilmaysiz.

40-50ball töplagan bölsangiz, yaqin insoni bilan munosabatlarda öz istaklarini ustun qöyadigan kiwilardan sanalasiz. Siz hohiw va istaklaringiz birinci örinda turiwini talab qilasiz. Yaqiningizga mehr beriwdan köra, mehr oliwni yoqtirasiz. Agar yoningizda wunday inson bölsa, omadingiz chopgan. Agar bunday insonni hali uchratmagan bölsangiz, fe'lingizni oz bölsada øzgartiriwga urinib köriwingizni maslahat bergan bölardik. Munosabatlar ikki tomonlama mehr asosida quriliwini unutmang. Faqat öylasangiz, qadrli insoningiz oldida qadringiz ketiwini yodda tuting.
Yuklash txt | fb2
Новые пользователи
AyolYigitcha
Связаться с нами

ADMIN
Blatnoy_shumaher@mail.ru
+998(99)9773572

Официальные страницы
Odnoklassniki
SEVINCHIM.UZ
Janobi oliylari
UzMasterS.Ru